Jotqo yechimlari
Jotqo yechimi — bitta turdagi biznes uchun tayyorlangan AI.
Yechim shu sohaning takroriy ishlarini allaqachon biladi. Siz qoidalaringizni qoʻshasiz, vositalaringizni ulaysiz — va u ishga tushadi. Har bir yechim Jotqo Engine asosida ishlaydi. Uni Jotqo quradi va yuritadi.
- Ish jadvaliTez oradaJotqo
Klinikalar uchun
Qabulga yozish va bemorlar savollari - NarxlarTez oradaJotqo
Turagentliklar uchun
Soʻrovlar va viza hujjatlari - EʼlonlarTez oradaJotqo
Koʻchmas mulk uchun
Soʻrovlar va uy koʻriklari
Jotqo EngineJotqo quradi va yuritadi- Bilimlar va xotira
- Jarayonlar va eslatmalar
- Vositalaringiz
- Chegaralar
- Har bir qadam tarixi
Taʼlim yechimi allaqachon ishlayapti. Klinikalar, turagentliklar va koʻchmas mulk uchun — tez orada.
Har bir yechim oʻz sohasining takroriy ishlarini bajaradi. Quyida har birining ishlarini va ulardan biri qanday koʻrinishini koʻrasiz.
-
Jotqo
Taʼlim uchun
FaolHar hafta yozma ish tekshiradigan maktablar, oʻquv markazlari va oʻqituvchilar uchun.
- Ishlarni havola orqali yigʻadi
- Mezonlaringiz boʻyicha baholaydi
- Har bir oʻquvchiga izoh yozib beradi
- Baholar jurnalini yuritadi
Tasvir2-insho · Buyuk ipak yoʻliTopshirilgan ishlarMezonlar- AKAziz K.insho.docxBaholanmoqda84Tayyor
- DRDilnoza R.Matnli javobBaholanmoqda91Tayyor
- TSTemur S.insho.pdfBaholanmoqdaFayl boʻsh
- KTKamola T.insho.pdfBaholanmoqda77Tayyor
Baholar tasdigʻingizni kutmoqdaTasdiqlash -
Jotqo
Klinikalar uchun
Tez oradaRegistraturasi kun boʻyi qabulga yozish, eslatmalar va bir xil savollar bilan band boʻladigan klinikalar uchun.
- Qabulga yozish va oʻzgartirish
- Qabuldan oldin eslatma
- Bemorlarning odatiy savollari
- Qabuldan oldingi formalar
KonsepsiyaTelegramBemor · 21:05Assalomu alaykum! Qabulimni jumaga koʻchirsa boʻladimi?21:05
JotqoHa. Juma, soat 15:30 — shifokor Karimovada boʻsh vaqt bor. Koʻchiraymi?21:05Ha, iltimos.21:06
Koʻchirildi: juma, 15:30Eslatma qoʻyildi: payshanba, 18:00 -
Jotqo
Turagentliklar uchun
Tez oradaSayohat haqidagi savollarga javob beradigan va har bir sayohatchidan hujjat yigʻadigan agentliklar uchun.
- Soʻrovlar va narx takliflari
- Viza va tur hujjatlari
- Bronlar
- Mijozlarga eslatmalar
KonsepsiyaTurkiya vizasi · 2 kishiMijozdan hujjatlar- Pasport nusxalariKeldi: seshanba
- SuratlarKeldi: seshanba
- Mehmonxona broniKeldi: chorshanba
- Bank koʻchirmasiHali yoʻq · eslatma: payshanba, 10:00
-
Jotqo
Koʻchmas mulk uchun
Tez oradaHafta boʻyi eʼlonlar boʻyicha soʻrovlarga javob beradigan va uy koʻrsatishni tashkil qiladigan agentliklar uchun.
- Eʼlonlar boʻyicha soʻrovlar
- Uy koʻrsatish
- Ijarachi hujjatlari
- Xaridorlarga qayta eslatish
Konsepsiya2 xonali kvartira · YunusobodEʼlon №214 · 4-qavatHali boʻshmi? Shu dam olish kunlari koʻrsam boʻladimi?Saytdagi forma · 18:20
JotqoHa, boʻsh. Shanba, soat 11:00 yoki 15:00 — qaysi biri qulay?18:21Koʻrik: shanba, 11:00Uy egasi va agent bilan kelishildi
Boshqa sohalar
Sohangiz hali bu yerda yoʻqmi? Ishingiz haqida yozing. Qayta-qayta takrorlanadigan ishlar keyingi yechimga aylanadi.
Yechimni qanday olasiz.
Koʻpchilik bizneslar tayyor yechimdan boshlaydi. Sizniki hali tayyor boʻlmasa, ishingizni siz bilan birga sozlab beramiz. Hammasini oʻzi sozlamoqchi boʻlgan jamoalar uchun uchinchi yoʻl ham bor.
- Ishingiz uchun yechim bor
Koʻpchilik bizneslar
Tayyor yechimdan foydalaning
Uni tanlang, qoidalaringizni qoʻshing, vositalaringizni ulang — va u ishga tushadi.
Yechimlarni koʻring - Ishingiz uchun hali tayyor emas
Siz bilan birga sozlaymiz yoki kutish roʻyxatiga yozilasiz
Jotqo ishingizni Engine asosida siz bilan birga sozlaydi. Koʻp bizneslarda uchraydigan ishlar yangi yechimga aylanadi.
Ishingiz haqida yozing - Oʻzingiz sozlamoqchisiz
Advanced ilovasidan foydalaning
Tajribali jamoalar va yirik kompaniyalar uchun. Ilova Engine imkoniyatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri ochadi va biroz texnik tushuncha talab qiladi.
Advanced ilovasi haqida
Har bir yechim birinchi kundanoq ishonchli.
Yangi yechim faqat oʻz sohasiga xos qismini qoʻshadi. Ishni AI qoʻliga bemalol topshirish uchun kerak boʻlgan qism esa barcha yechimlarda umumiy. Jotqo uni bir marta, Engine ichida qurgan.
Jotqo Engine qanday ishlaydi
Barcha yechimlar uchun umumiyHammasida bir xil- Biznesingizni biladiHujjatlaringiz asosida javob beradi va har bir mijozni eslab qoladi.
- Ishni kunlab olib boradiIsh bitguncha kutadi, eslatadi va qayta soʻraydi.
- Qoidalaringizdan chiqmaydiFaqat siz ruxsat bergan ishni qiladi. Siz belgilagan joylarda odamdan soʻraydi.
- Har bir qadamni yozib boradiNima qilgani, nimadan foydalangani va qancha turgani.
- Nosozlikdan keyin tiklanadiBiror narsa yarim yoʻlda buzilsa, ish toʻxtagan joyidan davom etadi.
- Maʼlumotlaringizni alohida saqlaydiIsh maydoningiz, odamlaringiz, yozuvlaringiz — faqat sizniki.
Jotqoga qaysi ishni topshirgan boʻlardingiz?
Bir gap bilan yozing. Elektron pochta orqali javob beramiz. Jotqo bu ishni bugunoq qila oladimi, uni siz bilan birga sozlay olamizmi yoki sohangiz uchun yechim qachon chiqadi — ochiq aytamiz.
Yoki bizga toʻgʻridan-toʻgʻri yozing: help@jotqo.com